» » AQSh va Rossiya Suriyada zo‘ravonlik ko‘lami pasayishini yoqlashlarini tasdiqladi

AQSh va Rossiya Suriyada zo‘ravonlik ko‘lami pasayishini yoqlashlarini tasdiqladi


Nyu-Yorkdagi uchrashuv davomida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyada zo‘ravonlik ko‘lami pasayishini yoqlashlarini tasdiqladi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyert ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Ular Suriyada harbiy operatsiyalar o‘tkazish davomida mojaroli vaziyatlarni bartaraf etish, mamlakatda zo‘ravonlik ko‘lamini pasaytirish va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq Jeneva jarayonini ilgari surish uchun sharoitlar yaratishni yoqlashlarini tasdiqladi”, — ta’kidladi Noyert. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Rossiyani Suriya muxolifat kuchlariga aviazarba berishda ayblagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют