» » Rossiya AQShga chegaralari yaqinida harbiy operatsiya o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligi ma’lum qilindi

Rossiya AQShga chegaralari yaqinida harbiy operatsiya o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligi ma’lum qilindi


Rossiya Vashingtonga chegaralari yaqinida harbiy operatsiya o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachyov ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

U shu tariqa AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning Vashington Koreya muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga harakat qilishi, biroq harbiy variantni ham istisno etmasligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. 

“Shimoliy Koreya tashqi aralashuvdan o‘zini himoya etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bunday tahdid mavjud ekan, KXDR va uning rasmiylari yadro dasturini amalga oshirishni davom ettiradi. Biz Pxenyan  qanday imkoniyatlarga ega ekanligini unchalik yaxshi bilmaymiz, biroq ular aniq mavjud va bu nafaqat mintaqa, balki butun dunyo, jumladan, AQSh uchun ham o‘ta ayanchli yakunlanadi”, — ta’kidladi Kosachyov. 

Senator Shimoliy Koreyadan ancha uzoq bo‘lgan AQSh bunday “qaltis tajribalar” haqida gapirishi mumkinligi, biroq Rossiya uchun “hazilning mavridi emasligi”ni bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli agar AQSh o‘zini yoki ittifoqdoshlarini himoya qilishiga to‘g‘ri kelsa, Shimoliy Koreya yo‘q qilinishini aytgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют