» » Fotogalereya: “Taxtlar o‘yini”ni yanada sevimliroq serialga aylantiruvchi faktlar

Fotogalereya: “Taxtlar o‘yini”ni yanada sevimliroq serialga aylantiruvchi faktlar


AdMe “Taxtlar o‘yini” seriali borasida siz bilmagan qiziqarli ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.

Jon Snou rolini o‘ynagan Kit Xartingtonning ko‘rinishi muallif Jorj Martinning yoshligiga juda o‘xshab ketadi.

Teon roli ijrochisi Alfi Allen mashhur qo‘shiqchi Lili Allenning tug‘ishgan ukasi. Liliga hatto serialda suratga tushish taklifini bildirishgan, biroq u ssenariyni o‘qib ko‘rgach, rad javobini bergan.

Keytelin Stark roli bilan barchaga birdek manzur bo‘lgan aktrisa Mishel Feyri Garri Potter haqidagi filmlarda Germionaning onasi rolini ijro etgan.

Serseyaning farzandlari rolini ijro etgan Eymi Richardson hamda Din-Charlz Chepmen real hayotda uchrashib turishadi.

Eymon Targarien rolini ijro etgan marhum Piter Vonning ko‘rish qobiliyati yomon bo‘lgan va u deyarli hech nimani ko‘ra olmagan.

Madonna ham “Taxtlar o‘yini” serialini tomosha qiladi. Qo‘shiqchi hatto bir safar serial yaratuvchilaridan Deyeneris Targarien ko‘ylagini berib turishlarini iltimos qilgan.

Avvallari serial yaratuvchilari Temir taxtning nusxasini 20 ming funtdan sotgan. Nusxaning balandligi 2 metr, og‘irligi esa 159 kilogramm bo‘lgan.

Ssenariy mualliflari Tirion Lanister rolida Piter Dinkleyjdan boshqa aktyorni ko‘ra olishmagan. Dinkleyj esa o‘z navbatda serialga do‘sti, Serseya rolini ijro etgan Lina Xidini olib kelgan.

Garvardda “Haqiqiy ‘Taxtlar o‘yini’: zamonaviy afsonalardan o‘rta asr modellariga qadar” maxsus kurs o‘tiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют