» » Ozbekiston sudyalar oliy kengashi sudyalik lavozimida ishlash istagidagi fuqarolarga murojaat etdi

Ozbekiston sudyalar oliy kengashi sudyalik lavozimida ishlash istagidagi fuqarolarga murojaat etdi


Ozbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi sudyalik lavozimiga nomzodlik zahirasiga kiritilish tartibi togrisida malumot berdi.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zahirasiga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga ega bolgan, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obro-etiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan ottiz yoshdan kichik bolmagan, oliy yuridik malumotga, yuridik ixtisos boyicha kamida besh yillik ish stajiga ega bolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin, deyiladi malumotda.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zahirasiga kiritilishi istagini bildirgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga ariza bilan murojaat qiladi.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zahirasiga kiritilishi qonunda belgilangan talab va tartib asosida amalga oshiriladi.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (18-09-2017, 14:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -