» » Foto: O‘zbekistonning rohinja qochqinlari uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordami Dakkaga yetkazildi

Foto: O‘zbekistonning rohinja qochqinlari uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordami Dakkaga yetkazildi


O‘zbekistonning Myanmadan qochib o‘tgan rohinjalar uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordami yuki 18-sentabr, dushanba kuni Dakkadagi Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati bosh ofisiga yetkazildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Jamiyat vakillariga ko‘ra, O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordami Bangladesh hududidagi qochqin rohinjalar ehtiyojini qondirish uchun xorij davlatlaridan olingan gumanitar yuklar orasida eng yiriklaridan biri bo‘ldi. Uni qabul qilib olish marosimida jamiyat rahbariyati, Bangladesh TIV va FVV, nodavlat tashkilotlari, mahalliy OAV vakillari hozir bo‘ldi.

Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati prezidenti Hafiz Ahmed Majumder qochoqlarga o‘z vaqtida va tantilik bilan ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston bayrog‘i va “O‘zbekiston Respublikasidan insonparvarlik yordami” bannerlari bilan bezatilgan yuk mashinalari kolonnasi Bangladesh va Myanma chegarasidagi qochoqlar lageriga yo‘l oldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют