» » Olimlar Yugradan ilk neolit davriga mansub kvarsdan ishlangan sandonni topdi

Olimlar Yugradan ilk neolit davriga mansub kvarsdan ishlangan sandonni topdi


Olimlar Xanti-Mansiysk avtonom okrugi — Yugrada joylashgan “Nex-Uriy” arxeologik yodgorligidan birinchi bor ilk neolit davriga oid kvarsdan ishlangan sandonni topdi. Bu haqda 18-sentabr, dushanba kuni Ural arxeologik ekspeditsiyasi ilmiy xodimi Yelena Danilova ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Eramizdan oldingi 6 ming yillikka oid kvarsdan ishlangan sandon topildi, bu noodatiy topilma. Shu paytga qadar biz bunaqa buyumni topmaganmiz. Ushbu artefakt hozirgi yuzadan 2,5 metr chuqurlikdan topildi. U qo‘l urilmagan tuproq qoplami bilan bekilib qolgan bo‘lib, bu ham kutilmagan holat”, — deydi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga qaraganda, umumiy maydoni 2 ming kvadrat metrga yaqin maydondan sandondan tashqari ilk neolitdan o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrga mansub boshqa buyumlar ham topilgan.

“Bular asosan sopol idishlar parchalari, tosh va metall buyumlar qoldiqlari, qadimiy qurol-yarog‘lar, tosh taxtalardir. Metalldan yasalgan alohida buyumlar, masalan, igna ham bor. Jami 5 mingdan ortiq artefakt topilgan”, —deb  qo‘shimcha qildi Danilova.

U materiallarga ishlov berish va restavratsiya qilish bilan yekaterinburglik mutaxassislar shug‘ullanishini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют