» » Samarqandda MIB xodimiga pora taklif qilgan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi qo‘lga olindi (video)

Samarqandda MIB xodimiga pora taklif qilgan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi qo‘lga olindi (video)


Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo‘limi tomonidan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan “Qurbonov Qosim” fermer xo‘jaligining elektr energiyadan foydalanish ahvoli o‘rganilganda, fermer xo‘jaligi elektr energiyadan noqonuniy foydalanib, davlatga 58 million so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlanib hujjatlashtirilgan, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Yillar davomida o‘ziga tegishli tovuqchilik fermasini ishlatish uchun elektr energiyadan o‘g‘rincha foydalangan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Aziz Qurbonov siri ochilgach, yetkazilgan zararni qoplashdan bosh tortib, “yopiqlik qozonni ochmaslik” uchun MIB xodimiga pora taklif qilgan.

U joriy yilning 13-sentabr kuni 1200 AQSh dollari miqdorida pora berayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 19:57)
-1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют