» » Tojikistonda dafn marosimida baland ovozda yig‘lash taqiqlandi

Tojikistonda dafn marosimida baland ovozda yig‘lash taqiqlandi


Tojikiston din ishlari qo‘mitasi Ulamolar kengashi va Islomshunoslik markazi bilan hamkorlikda motam marosimlari o‘tkazilish tartibini belgiladi. Bu boradagi nizom Dushanbeda yarim million adad bilan chop etildi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Sakkiz bo‘limdan iborat broshyuraga ko‘ra, motam marosimlari hanafiylik mazhabi tartiblariga, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘tishi lozim.

Keyingi sahifalarda marhumning qarindoshlari go‘rkov xizmatlari uchun faqat joylardagi vakolatli shaxslar oldida haq to‘lashi belgilangan.

Uchinchi bo‘limda marhumning tanasini yuvish hamda dafnga tayyorlash tartibi ko‘rsatilgan.

Yangi qoidalarga muvofiq, motam chog‘ida yig‘lashga ruxsat etiladi, ammo baland ovozda baqirish, fig‘on solish, boshga qum sepish, sochlarni yulish, betni tirnash, shuningdek, maxsus yig‘lovchi ayollarni buyurtma qilish taqiqlanadi.

Tungi paytda marhumning uyida faqat bolalari va qarindoshlari qolishi mumkin.

Marhumning yaqin qarindoshlariga uch kun mobaynida motamda bo‘lish ruxsat etildi. Bundan tashqari, nizom marhumning yaqinlari bu paytda qanday kiyinishini ham tartibga soladi.

Bundan tashqari, dafn va motam bilan bog‘liq marosimlarda chorva so‘yilmasligi lozim, mehmonlarga ovqat taklif etish man etiladi. Ko‘plab oraliq marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют