» » AQShda samolyot ikkita bug‘u bilan to‘qnashib ketdi

AQShda samolyot ikkita bug‘u bilan to‘qnashib ketdi


AQShning Oregona shtatida qo‘nayotgan samolyot ikkita bug‘u bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Birinchi bug‘u Nehalem-Bey bog‘idagi aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagiga bir motorli ikki o‘rindiqli Van’s Aircraft RV-8 samolyoti qo‘nayotgan vaqtda chiqib ketgan. Uchuvchi hayvon bilan to‘qnashishdan qochishga harakat qilgan, biroq yetarlicha balandlikka ko‘tarila olmagan va hayvonni propeller va shassi bilan urib yuborgan. Shundan so‘ng samolyotning qarshisidan yana bir bug‘u chiqqan va samolyotning chap qanotiga urilgan.

Ikkala bug‘u ham o‘lgan. Uchuvchi va yo‘lovchi jarohat olmagan, biroq samolyot jiddiy zarar ko‘rgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют