» » Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib keldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 18-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi, deb xabar berdi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyevni Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.

O‘zbekiston Prezidenti tashrif doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev keng doiradagi O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida ishtirok etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют