» » Yulduzlar o‘tgan hafta nimalar bilan band bo‘ldi? (foto)

Yulduzlar o‘tgan hafta nimalar bilan band bo‘ldi? (foto)


My Day taniqlilarning Instagram sahifalariga nazar tashlab, ularning o‘tgan haftada nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini bilib oldi.

Latofatli xonanda Lola hozirda farzandlari bilan Moskva shahrida istiqomat qilayotgani uning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borayotgan muxlislariga ma’lum. Xonanda surunkali ravishda o‘z hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali o‘rtoqlashib boradi. Uning so‘nggi suratlari ostiga yozilgan xabarlarga ko‘ra, Lola tez orada hayotidagi muhim kunga tayyorgarlik ko‘rmoqda va buning sharofati bilan maxsus parhez tutishni boshlagan. U o‘zi iste’mol qilayotgan taomlar surati ostiga o‘zi kabi parhezga o‘tirgan muxlislari uchun bu mavzuda tavsiyalarini ham ayamagan.

16-sentabr kuni betakror Rayhon o‘zining tavallud ayyomini nishonladi. Xonanda avvaliga turmush o‘rtog‘i bilan restoranda tushgan suratini joylagan bo‘lsa, keyin bir quchoq atirgul ushlab tushgan surati bilan bo‘lishgan. Shuningdek, internet tarmog‘ida unga yaqinlari tomonidan tug‘ilgan kuni sharafiga uyushtirilgan syurpriz videosi ham paydo bo‘ldi.

Umidaxon ham ijtimoiy tarmoqlarda juda faol foydalanuvchilardan hisoblanadi. U deyarli har kuni qanday o‘tayotganligi bilan Instagram orqali bo‘lishib boradi. Xonanda o‘tgan haftada juda ko‘p tadbirlarda ishtirok etib, ularning barchasidan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Yangi restoran ochilishi deysizmi, MY5 kanalidagi yangi ko‘rsatuv suratga olish jarayonimi, va albatta o‘tgan haftaning eng muhim hodisalaridan biri, ELDIDO guruhining solisti Dilniyozning nikoh oqshomida mehmon bo‘lgani. Bularning barchasi haqida uning kuzatuvchilari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabardor bo‘lib turdi.

Xushovoz xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga tayyorgarlik avjida bo‘lishiga qaramay, muxlislarini ham unutayotgani yo‘q. U xalq xizmatidan ham qochmay, hattoki boshqa viloyatlardagi to‘ylarda ham xizmat qilib qaytmoqda. Xonanda Instagram tarmog‘ida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y tantanasidan fotosuratni joylagan. Shuningdek, Rahmatullayev konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ham aynan Instagram’ga joylangan suratdan bilib olish mumkin.

O‘zining betakror uslubi va ovoziga ega xonanda Manzura ham bir qator shou biznes vakillari qatori Dilniyoz G‘afforovning to‘yida xizmatda bo‘ldi. Bu haqda xonandaning instagramga joylagan fotosurati va Dilniyozni tabriklab qoldirgan izohidan bilib olish mumkin. Undan tashqari xonanda Obid Asomov prodyuserligida suratga olingan “Ada emas, dada” filmining premyerasiga taklifnomalar suratini joylab, juda ham xursandligini ma’lum qilgan.

Xonandaning kuzatuvchilari ayni damda Karen ko‘hna Samarqand bo‘ylab sayohat qilayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin. U Samarqandda tushgan bir nechta fotosuratlarini joylab, fotohisobot boshlanganini ma’lum qilgan.

Maftunkor Shahzoda o‘tgan haftada navbatdagi ijod namunasini muxlislari e’tiboriga havola etdi.  “Begim” deb nomlangan taronaning so‘zlari Zilolabonuga, musiqasi esa avstriyalik prodyuser va kompozitor Avi Benediga tegishli.

Davron Kabulov oxirgi kunlarda xizmatdan ortmayapti. Buni uning Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylayotgan fotosuratlaridan ham bilib olish qiyin emas. Hozirgi vaqtda eng talabgir boshlovchilardan sanalgan Davron Kabulov so‘nggi fotosuratlari ostiga #vsumasshedshemrejime xeshtegini yozib qoldiryapti.

“Sharq” guruhi solisti Tatyana Zayseva “Dunyo” nomli taronaga klip suratga olayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan. Qo‘shiq matni Nurmuhammad Isroilov, musiqasi esa Askar Ibragimovga tegishli ekani haqida ma’lumot ham qoldirilgan.

Samandar Hamroqulov eng katta orzularidan biri ro‘yobga chiqayotgani haqida ma’lum qilgan. U ma’lum bo‘lishicha anchadan buyon akasi, so‘z ustasi Iskandar Hamroqulov bilan birgalikda konsert dasturi taqdim etish orzusi bo‘lgani va yaqin kunlarda bu orzusi amalga oshayotgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida e’lon qilgan.

Yaqindagina ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgan xonanda, go‘zal ovoz sohibasi Dilso‘z marhum Shahnozabonu xotirasiga bag‘ishlab uning “Qizalog‘im” deb nomlangan qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘tgan haftada premyera qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют