» » Ashxobod—2017. O‘zbekiston futzalchilari BAA termasini yirik hisobda mag‘lub etdi

Ashxobod—2017. O‘zbekiston futzalchilari BAA termasini yirik hisobda mag‘lub etdi


Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasidan ketgach, uni Bahodir Ahmedov qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida o‘zbekistonliklar Ashxoboddagi Osiyo O‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi.

Ilk turda O‘zbekiston termasiga BAA raqib bo‘ldi. Uchrashuv Amirlik futzalchilarining yirik mag‘lubiyati bilan yakuniga yetdi — 1:5. Bunga qadar BAA Maldiv ustidan 3:1 hisobida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.

Bugun — 19-sentabr kuni O‘zbekiston termasi Maldivga qarshi zalga chiqadi. BAA esa Xitoyga raqobatchi bo‘ladi.

Ashxobod—2017
Guruh bosqichi. 1-tur
18-sentabr, dushanba

Gollar: Artur Yunusov, 10 (1:0). Davron Choriyev, 13 (2:0). Ash-Shamsiy, 19 (2:1). Farhod Abdumavlonov, 20 (3:1). Dilshod Rahmatov, 27 (4:1). Konstantin Sviridov, 34 (5:1).

O‘zbekiston: Rustam Umarov — Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Feruz Fahriddinov, Timur Sadirov, Ilhom Hamroyev, Davron Abdurahmonov, Davron Choriyev, Akmal Xazratqulov, Xusniddin Nishonov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют