» » 2019-yil uchun Green Card lotereyasini to‘ldirish 3-oktabrdan boshlanadi

2019-yil uchun Green Card lotereyasini to‘ldirish 3-oktabrdan boshlanadi


AQSh Davlat Departamenti 2019-yil “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar — DV” (Grin Kard) dasturiga ro‘yxatga olish davri 2017-yil 3-oktabrdan 2017-yil 7-noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

Murojaatchilar DV Dasturida 2017-yil 3-oktabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ro‘yxatga olish davri 2017-yil 7-noyabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 22:00 da tugaydi. Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida http://www.dvlottery.state.gov/ sahifasi orqali topshirilishi shart va DV Lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi. Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun ariza topshirib bo‘lganlaridan so‘ng o‘z tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib saqlab qo‘yishlari shart. Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun ro‘yxatga olish davrining so‘nggi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi. Dunyo bo‘yicha talabning o‘ta yuqoriligi internet sahifasi ishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin. 2017-yil 7-noyabr soat 22:00 dan keyin birorta ham ariza qabul qilinmaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 09:42)
+13 (голосов: 25)
Комментарии (2)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют