» » “Chiroyli” avtoraqam: birja orqali yoki ariza bo‘yicha

“Chiroyli” avtoraqam: birja orqali yoki ariza bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Hujjatga muvofiq, avtomobil uchun “chiroyli” raqamni ikki xil usulda qo‘lga kiritish mumkin.

Ro‘yxat bo‘yicha I, Ia, III, IIIa tipdagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksionga qo‘yiladi.

Talabgor sifatida savdolarda ishtirok etish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Internet tarmog‘idagi birjaning saytida onlayn tartiboti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Avtotransport vositalari uchun RO‘DRB (ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi)ni oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha berish jarayonida qatnashishdan oldin talabgorlar birja HKPda ochilgan o‘z shaxsiy hisobvarag‘iga boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdorida zakalat va birja xizmatlari uchun bitim qiymatining 5 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari fondiga yo‘naltiriladigan vositachilik yig‘imlarini o‘z ichiga olgan to‘lovni o‘tkazadi.

Lot qo‘yilishi haftaning ish kunlarida soat 10-00 dan 17-00 gacha amalga oshiriladi.

Talabgorlar to‘langan zakalatlari bilan ta’minlangan hajmlarda buyurtma berish huquqiga egadirlar.

Savdolar bosqichi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda birja tomonidan belgilanadi.

Axborot tizimi talabgorni ayni paytdagi eng yaxshi narx to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlaydi. Talabgor muayyan tartibot amal qilish muddatining istalgan paytida cheklanmagan miqdorda narx bo‘yicha takliflar berish huquqiga ega, bunda uning narx bo‘yicha taklifi ayni paytda amaldagi eng yaxshi narxdan yuqori bo‘lishi shart. Narx bilan berilgan buyurtmani qaytarib olish talabgor tomonidan istalgan paytda amalga oshirilishi mumkin, bunda uning narxi ayni paytda eng yuqori bo‘lmasligi shart.

Vakolatli organ tomonidan belgilangan raqobat tartiboti muddatining yakunlanish paytidan boshlab, yangi narx takliflari berilgan taqdirda axborot tizimi tartibotni avtomatik uzaytirish rejimida ishlaydi. Har safar yanada yuqori narx bo‘yicha yangi taklif berilganda, raqobat tartiboti 10 daqiqaga uzaytiriladi. Agar so‘nggi taklif kiritilgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida talabgorlarning hech biri tomonidan yangi, yanada yuqori narx bo‘yicha taklif kiritilmasa raqobat tartiboti yakunlanganligi e’lon qilinadi.

Raqobat tartiboti g‘olibi aniqlanadigan kunda axborot tizimi uning shaxsiy kabinetiga besh ish kuni mobaynida yetishmayotgan summani to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuboradi.

Oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBlarni olish uchun transport vositalarining egalari doimiy propiska qilingan joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy organlarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga harf va raqamlar kombinatsiyasini ko‘rsatgan holda belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qiladi.

Avtotransport vositalari uchun oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini berish uchun to‘lov stavkasi, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladigan, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravari miqdorida belgilanadi.

Arizachiga oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB bron qilinganligi to‘g‘risida xabar berilgandan so‘ng, arizachi uch ish kuni mobaynida oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBni berish uchun belgilangan to‘liq to‘lov summasini to‘lashi va arizani qabul qilgan YHXDX organiga kvitansiyani taqdim etishi shart.

Oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBni berganlik uchun to‘liq to‘lov summasi to‘langandan so‘ng, tegishli hududiy YHXDX organi bir oy mobaynida arizachiga oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB berilishini ta’minlaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют