» » Markaziy bank xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini e’lon qildi

Markaziy bank xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini e’lon qildi


Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibi to‘g‘risida murojaatlar kelib tushayotganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra 2017-yil 5-sentabrdan:

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin;

iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi (bunda sotib olingan xorijiy valyuta mijozning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi va mijozga xalqaro to‘lov kartasi taqdim etiladi).

Shu munosabat bilan, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari va o‘z ixtiyorlariga ko‘ra sotib olingan mablag‘larni joriy xalqaro operatsiyalar (tovar va xizmatlar importi va b.) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirishlari mumkin.

Bunda sotib olinayotgan chet el valyutasi uchun to‘lov yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin:

– yakka tartibdagi tadbirkorning savdo tushumi;

– bankka topshirilgan naqd mablag‘lar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib olingan valyuta mablag‘larini quyidagi yo‘llar bilan cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin:

– mamlakatdan tashqarida xalqaro to‘lov kartalariorqali, shu jumladan bankomatlardan naqd xorijiy valyutani yechib olish yo‘li bilan;

– tasdiqlovchi hujjatlar asosida (invoys yoki to‘lov uchun hisob yoxud import shartnomasi va b.) tovarlar va xizmatlar importi uchun to‘lovni bank o‘tkazmasi orqali amalga oshirish.

Markaziy bank tijorat banklarining ro‘yxati va “ishonch telefonlari” raqamlarini ushbu axborotga ilova qildi hamda xorijiy valyutani sotib olish bilan bog‘liq savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda ko‘rsatilgan raqamlar orqali tijorat banklariga yoki Markaziy bankka murojaat qilishlarini so‘radi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют