» » Indoneziyada timsoh daryoga tushib mantralarini o‘qiyotgan shomonni suv ostiga tortib ketdi (video)

Indoneziyada timsoh daryoga tushib mantralarini o‘qiyotgan shomonni suv ostiga tortib ketdi (video)


Indoneziyaning Kutay-Kartanegara okrugida timsoh shomonga hujum qildi va uni suv ostiga tortib ketdi, deb xabar berdi Coconuts.co.

Mahalliy aholi o‘tgan kuni bedarak yo‘qolib qolgan Arjunani topish uchun shomonga murojaat qilgan. Ularning ta’kidlashicha, Arjuna daryoda cho‘milayotgan bo‘lgan va unga reptiliyalardan biri hujum qilgan.

Shomon daryoga tushib mantralarni o‘qiy boshlaganida unga timsoh tashlanib qolgan va uni bir zumda suv ostiga tortib ketgan. Guvohlar shomonning o‘limini videoga olib YouTube va Instagram tarmoqlariga joylashtirishgan.

Ertasi kuniga politsiya daryodan Arjuna va shomonning jasadini topgan. Mahalliy politsiya rahbari Fadillah Zulkamaenning so‘zlariga ko‘ra, yirtqichlar ularni yemagan. “O‘ylashimcha, timsoh shomonni suv ostiga tortib ketganida uning kislorodi tugab qolgan. Men ko‘rgan suratlarda jasadning qo‘l va oyoqlari butun edi”, — deydi Zulkamaen.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют