» » “Mariya” dovuli tufayli mashhur “Aresibo” radioteleskopi o‘chirib qo‘yildi

“Mariya” dovuli tufayli mashhur “Aresibo” radioteleskopi o‘chirib qo‘yildi


Puerto-Rikoda dunyoda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan mashhur “Aresibo” radioteleskopi rahbariyati “Mariya” dovuli yaqinlashib kelayotgani tufayli, uning ishini to‘xtatishga qaror qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“‘Mariya’ dovuli xavfi tufayli, ‘Aresibo’ observatoriyasi tayyorgarlik jarayonlarini boshladi, — deyiladi tashkilot Twitter’ida. — Ham teleskopning, ham tadqiqot uskunasining himoyasi yoqiladi”.

Teleskop orqali kuzatishlar 21-sentabrgacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, 27-sentabrgacha teleskopga tashrif buyurish markazi yopiq bo‘ladi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, “Mariya” dovuli shamollari Puerto-Rikoga 19-sentabr, seshanba kuni ertalab yetib borishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют