» » To‘fonlar qanday nomlanadi?

To‘fonlar qanday nomlanadi?


2017-yilning sentabrida AQShga “Xarvi” va “Irma” to‘fonlari yopirildi. Ular ham boshqa o‘nlab tropik to‘fonlar kabi o‘z nomlariga ega bo‘ldi. Bunday tizim u yoki bu tabiiy xavf-xatarni tezroq yodda saqlash va boshqalaridan farqlashga yordam beradi: ayollar va erkaklarning qisqa ismlari OAVlari va xabardor qilish xizmatlari tomonidan koordinatalar o‘rniga qo‘llaniladi, deb yozadi TJournal.

Ekspertlarning fikricha, nomlar to‘fonlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga ko‘mak beradi. Meteorologik tashkilotlar esa ismlar ro‘yxatini ishlab chiqqan va odamlar “Katrina”, “Sendi” va “Irma”larni adashtirib yubormasligini kuzatib boradi.

Kemalar, avliyolar va opa-singillar

Dastlab kuchli po‘rtanalar ixtiyoriy nomlangan. 1842-yilda halokatli atlantik to‘fonlardan biri okeanning g‘arbiy qismida bo‘lgan “Antye” kemasi machtasini uzib yuborgan. Siklon “Antye” deb nomlangan — bu to‘fonlarga berilgan birinchi rasmiy nom edi. Shundan so‘ng asosan vayron bo‘lgan kemalar va shaharlar sharafiga nom berishda davom etilgan: misol uchun, Amerikaning Galveston shahriga 1900-yilda yopirilgan to‘fon Galveston to‘foni deb nomlangan.

Ba’zan tropik siklonlarga muqaddas nomlar berilgan. Shu yo‘l bilan Puerto-Rikoda XIX asrda “Avliyo Anna” va “Avliyo Filipp” to‘fonlari paydo bo‘lgan.

Biroq bunday usul noqulay edi: aniq tizimsiz doimiy chalkashliklar yuzaga kelar edi. XIX asr oxirida avstraliyalik meteorolog Klement Ragg tropik siklonlarga ayollar ismlarini bera boshladi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu an’anani amerikalik harbiylar ham davom ettirdi: AQSh floti meteorologlari Tinch okeanidagi to‘fonlarni rafiqalari, do‘stlari va opa-singillari sharafiga nomlagan.

1953-yilda Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan AQSh Milliy to‘fon markazi ko‘magida tayyorlangan to‘fon va kuchli po‘rtanalar uchun nomlanishlarning xalqaro tizimi paydo bo‘ldi. Dastlab ro‘yxatda faqat ayollarning qisqa ismlari bo‘lib, ular siklonlarga alifbo bo‘yicha berilgan: birinchi to‘fon “A” harfi bilan boshlangan va shunday davom etgan. 1979-yilda “gender tengsizlik” oldini olish uchun kengaytirilgan ro‘yxatga erkaklar ismlari ham kiritilgan.

“Arlin” dan “Uittni”gacha

Birinchi ro‘yxat Atlantika okeanida yuzaga keladigan po‘rtanalar uchun yaratilgan. Bir necha yildan so‘ng bunday tizim tropik siklonlar paydo bo‘ladigan boshqa hududlarda ham qo‘llana boshladi. Har bir hududning o‘z nomlari bor. Ularning barchasi WMO saytida chop etilgan.

Atlantika ro‘yxati eng mashhur ro‘yxat hisoblanadi — bu ro‘yxatdagi nomlar bilan atalgan to‘fonlar AQShga yopiriladi. Atlantika okeani 21 ta nomni o‘z ichiga oluvchi jami oltita ro‘yxatga ega. 2017-yilda ismlarning bir to‘plami, 2018-yilda — ikkinchisi qo‘llanadi. 2022-yilda 2013-yilning ro‘yxati yana takrorlanadi.

Ismlar ham navbatma-navbat qo‘yiladi — dastlab alifbo tartibida ayollar ismlari, so‘ngra erkaklar ismlari keladi. “Q”, “U”, “X”, “Y” va “Z” harflari tashlab ketiladi. Shamol barqaror tezligi soatiga 62 kilometrdan ortiq bo‘lgan to‘fonlarga nom beriladi.

2017-yilda Atlantika okeanida “Arlin”, “Bret”, “Sindi”, “Don”, “Emili”, “Franklin”, “Gert”, “Xarvi”, “Irma”, “Xose” va “Katya” to‘fonlari bo‘lib o‘tdi. Yil yakuniga qadar “Li”, “Mariya”, “Neyt”, “Ofeliya”, “Filipp”, “Rina”, “Shon”, “Tammi”, “Vins” va “Uittni” paydo bo‘lishi mumkin. Agar yil davomida ro‘yxat tugab qolib, po‘rtanalar yuzaga kelishda davom etsa, ular grek alifbosi harflari bilan nomlanadi.

2014-yilda Amerikaning Proceedings of the National Academy of Sciences ilmiy jurnalida tadqiqot chop etildi. Unga ko‘ra, ayollar ismlari berilgan to‘fonlar erkaklar ismlari berilganlarga qaraganda ko‘proq vayronkor oqibatlar keltirib chiqaradi. Biroq bu tadqiqotni boshqa olimlar tanqid qildi.

“To‘fon kuchi va hajmi hamda uning nomlanishi o‘rtasida hech qanday bog‘lanish yo‘q”, — deydi Milliy ob-havo xizmati xodimi Syuzan Buchanyan.

To‘fonlar uchun iste’fo

“Xarvi” va “Irma” kabi siklonlar vayronkor oqibatlar va OAVlarida esga olinishi bilan boshqa to‘fonlarga qaraganda ko‘proq yodda qoladi. Shuning uchun bu ismlarni bir necha yildan keyin yana qo‘llash chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Shunday holatlar oldini olish uchun WMO har yili yig‘ilish o‘tkazib, ularda qaysi nomlarni “muomaladan chiqarish” kerakligini muhokama qiladi.

Ro‘yxatdagi nomlarni almashtirishning asosiy sabablaridan biri — siklon davomida jabrlanganlar uchun uning og‘riqli ekanligi. 1953-yilda tizim qabul qilingandan buyon ro‘yxatdan 82 ta nom olib tashlangan. Ular orasida — “Katrina”, “Sendi” va “Igor” kabi mashhur to‘fonlar bor. 2016-yilda “Metyu” va “Otto” ismlari muomaladan chiqarildi.

“Irma” oxirgi o‘nyillikda Atlantikada yuzaga kelgan eng kuchli to‘fonlardan biri ekanligi ta’kidlanmoqda. Shuning uchun kelgusi yilda bu ism boshqasiga almashtirilishi mumkin. “Irma” esa Atlantika hududidagi “I” harfi bilan boshlanuvchi “iste’fo”ga chiqqan o‘ninchi to‘fonga aylanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют