» » Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Lyuksemburg Moliya vaziri bilan bayonnoma imzoladi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Lyuksemburg Moliya vaziri bilan bayonnoma imzoladi


18-sentabr, dushanba kuni Lyuksemburgda O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Lyuksemburg Gersogligi o‘rtasida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan, ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida Konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev hamda Lyuksemburg Moliya vaziri Pyer Graminya tomonidan imzolandi.

“Bayonnoma bilan Konvensiyaga soliqlar shaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan yangi tartiblar kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют