» » Futbolni qanday ko‘taramiz? Xorijdan murabbiy, korrupsiyaga qarshi kurash, shaffof tashkilot va elektor chiptalar

Futbolni qanday ko‘taramiz? Xorijdan murabbiy, korrupsiyaga qarshi kurash, shaffof tashkilot va elektor chiptalar


O‘FF yangi rahbariyati mamlakatda futbolni tubdan isloh qilishning yangi rejalarini ishlab chiqmoqda. Federatsiya prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruhi 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini ishlab chiqish asnosida futbolni ko‘tarib turadigan to‘rtta asosiy tamoyilga e’tiborni kuchaytiradi.

Ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa, keyingi xalqaro musobaqalarda va olimpiya o‘yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda, o‘zbek futbolini ko‘tarishga va’da beraman. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko‘taramiz degan umiddaman.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Ahmadjonovning futbolni ko‘tarish haqidagi nutqida futbolni rivojlantirishning 4 ta ustunini ko‘rish mumkin.

Birinchi ustun bu musobaqalar bo‘lib, O‘FF bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalar saviyasini OFK standartlari darajasiga olib kelish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish asosiy vazifa hisoblanadi.

Ikkinchi ustun esa texnikaviy rivojlantirish masalalaridir. Unga bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbol, ayollar futboli, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi vazifalar kiradi.

Uchinchi ustun PFL va hududiy federatsiyalar faoliyatini kuchaytirish. Unda asosiy e’tibor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalarini o‘tkazish tizimini tubdan isloh qilish, O‘FFning a’zolari hisoblangan 14 ta hududiy federatsiyaning mamlakat futbolini rivojlantirishdagi roli va dahldorligini oshirishga qaratiladi.

To‘rtinchi ustun esa xalqaro munosabatlar. Bu jabhada asosan FIFA, OFK, UYeFA va boshqa konfederatsiyalar, hududiy federatsiyalar, milliy federatsiyalar bilan o‘zaro hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Federatsiyaning yangi rahbariyati ushbu 4 ustunga eltadigan zinapoyalardagi boshqa sohalarni ham takomillashtirish yo‘lidan boradi. Bu hakamlar, jamoatchilik bilan aloqalar, moliya, yuridik va xizmat ko‘rsatish masalalari kabi uzviy bog‘liq sohalardir.

Federatsiyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor.

Birinchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir. Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilamiz.

Ikkinchisi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish. O‘FF strukturasida futboldagi korrupsiyaning oldini olish uchun ma’sul bo‘lgan maxsus bo‘linma, shuningdek, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘lim va yangi qo‘mita ish boshlaydi. Bu bo‘linma va qo‘mita faoliyatini O‘FF Prezidenti shaxsan nazorat ostiga oladi.

Uchinchisi, bolalar va o‘smirlar futbolini qing‘irliklardan tozalash bo‘lib, yoshlarning futbol maktablari va klublariga joylashishida, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka yo‘l qo‘yilmasligi va sport prinsiplarining birlamchi bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Bundan tashqari, futbolchilarning yoshlarini soxtalashtirish kabi illatga qarshi kurashish bo‘yicha ham yangi chora-tadbirlar belgilab olinadi. Federatsiyaning “Har bir bolaga bittadan to‘p” nomli yangi rivojlantirish dasturi ishga tushiriladi.

To‘rtinchisi, federatsiya ishining shaffofligini ta’minlash va shu orqali fuqarolarning federatsiyaga ishonchi ortishiga erishishdir. Aksariyat murojaatlarda federatsiya xalqning mablag‘ini suiste’mol qilganlikda ayblanadi. Fuqarolarda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri tasavvurni yo‘qotish uchun federatsiyani moliyalashtirishga mablag‘ni qayerdan olib, qayerga sarflashini shaffoflashtirishni ta’minlaydi.

Beshinchisi, terma jamoalar, chempionat, kubok va birinchilik o‘yinlariga elektron chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yish orqali ishqibozlar chiptalarni o‘z narxida va teng taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yishdir. Bu bilan chiptalar savdosiga chayqovchilarning ta’sirini kamaytirish, hududlardagi ishqibozlarning o‘z uylaridan turib o‘yinlarga chipta sotib olishini ta’minlash kabi qulayliklarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov shu haftada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashadi. Keyingi haftada esa O‘FFda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar yuzasidan futbol jamoatchiligiga axborot beriladi.

O‘FF matbuot xizmati

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют