» » Qozog‘iston BMTni isloh qilish bo‘yicha deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston BMTni isloh qilish bo‘yicha deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi


Qozog‘iston BMTni isloh qilish bo‘yicha siyosiy deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

TIVga ko‘ra, Nyu-Yorkda 18-sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro tashkilot faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan yuqori darajali tadbirda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov ishtirok etdi.

“BMT faoliyatini takomillashtirish prezident Nursulton Nazarboyev tomonidan Qozog‘istonning Xavfsizlik kengashi doimiy bo‘lmagan a’zoligidagi 7 asosiy yo‘nalishdan biri sifatida e’lon qilingan. BMTni isloh qilish bo‘yicha deklaratsiya mamlakatning bu boradagi qarashlariga muvofiq keladi”, — deyiladi Qozog‘iston TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning 142 mamlakati, shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya BMT isloh qilinishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют