» » Murod Xonto‘rayev: Meni mag‘lub etganlarga revansh taklif qilib, ijobiy javob olmadim

Murod Xonto‘rayev: Meni mag‘lub etganlarga revansh taklif qilib, ijobiy javob olmadim


MMA yo‘nalishida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayev so‘nggi ikki oyda ikki jang o‘tkazdi. Sport jurnalisti Ahmad Eshmatov sportchi bilan uchrashib, suhbatlashdi. Suhbat “Olamsport” nashrida chop etildi.

Qisqa muddat ichida 2 ta jang o‘tkazilgani MMA muxlislari tomonidan keng muhokama qilindi. Boisi Xonto‘rayev ulardan birida imkoniyatni boy berdi.

Bu fikr o‘zimdan chiqqandi, raqib tomon haqida gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Qozog‘istondagi jangdan so‘ng murabbiyim bilan maslaxatlashib, yaqin orada o‘tadigan eng katta musobaqada ishtirok etishni rejaga kiritgandik. Raqibim kikboksing bo‘yicha uch karra jahon chempioni Qayrat Erbo‘latov bo‘lishi kerak edi. U biroz betob bo‘lgani bois, jang 6-oktabrga qoldirildi. Men esa Xasikov bilan jang olib bordim.

Bungacha Protsenkodan mag‘lub bo‘lganimga kelsam, avvalo bu sport, unda shunday natijalar ham uchrab turadi. Lekin mag‘lubiyatning o‘ziga yarasha sabablari ham bo‘ladi. Jangdan bir kun avval issig‘im 39 ga chiqib ketdi. Dori-darmon, ukol qilib, janga qadar tiklanishga ulgurdim. Lekin kuch-quvvatim baribir mukammal ko‘rinishda emasdi. Bu bilan o‘zimni oqlamoqchi emasman. Yutqazdimmi, demak tan olishim kerak. Shunchaki, o‘sha kuni imkoniyatim darajasida jang olib bora olmaganimni izohlamoqchiman, xolos.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

Xonto‘rayev janglar oldidan sportchilarning o‘zini tutishi borasidagi savolga ham javob bergan. Xususan, Xasikov vazn o‘lchash marosimida o‘zini yengil tomondan namoyish qilib, Murodga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgandi.

Nomi chiqmagan sportchilar jangdan avval xurmacha qiliqlar ko‘rsatib, o‘z imidjini ko‘tarishga harakat qiladi. Muxlislar e’tiboriga shu yo‘l orqali tushishni maqsad qiladi. Vaholanki, ehtimoliy mag‘lubiyati keyinchalik kulguga sabab bo‘ladi. Agar to‘polon qilmasdan, raqibiga hurmat bilan yondoshsa, mag‘lubiyati ham tabiiydek ko‘rinadi. Yo‘qsa, har qanday muxlis “boring shu ekan, nega chiranasan” deyishi aniq, to‘g‘rimi?

Men bu kabi maynavozchiliklarga jiddiy qaramayman. Kim bo‘lishidan, nima qilishidan qat’iy nazar, raqiblarimni hurmat qilgan holda oktagonga chiqaman.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

Mixtibek Mamasoliyev bilan jang haqidagi savolga Xonto‘rayev quyidagicha javob berdi:

Mixtibek Markaziy Osiyo miqiyosida o‘z o‘rniga ega, nomdor sportchi. Barchasiga o‘zining harakati, mehnati orqali erishgan. U bilan juda qadrdonmiz. Oxirgi jangimda ham e’tibor bergan bo‘lsangiz, oktagonga tushib birinchilardan tabrikladi. U bilan jang qilishga to‘g‘ri kelsa, o‘sha vaqtda biz raqib bo‘lamiz. Jangdan so‘ng yana do‘stlarga aylanamiz. Men shunday o‘ylayman.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

Mashhur Aleksandr Yemelyanenkoga qarshi Murod Xonto‘rayevning jang o‘tkazishi borasida o‘z vaqtida gap-so‘z bo‘lgan. Keyinroq bu kabi fikrlar ancha yo‘qolib qolgan bo‘lsa-da, Xonto‘rayev kelajakda raqibi bilan albatta to‘qnash kelishiga ishonishini aytdi.

Ustozim Nodir aka Qodirov boshchiligida sport formam mukammal vaqtida juda ko‘p muzokara olib bordik. Avval ham aytib o‘tganman, uning qamoqqa olinishi natijasida bu jang bo‘lmagandi. Hozir esa bir nima deyolmayman. Lekin muxlislarni ishontirib ayta olamanki, Aleksandr Yemelyanenko, Kenni Garner kabi nomdor sportchilar bilan albatta uchrashaman.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

MMAning tajribali sportchisi sifatida Murod Xonto‘rayev o‘zidan keyin jangchiga aylangan Nursulton Ro‘ziboyev, Mahmud Murodov, Anvar Boynazarov kabilarga maslahat berdi.

Balki kulguli tuyular, lekin mazkur sportchi ukalarimzning ba’zi-birlari mendan ko‘p jang o‘tkazgan, menga nisbatan yaxshi natijalarni qayd etgan. Buni tan olishim kerak.

Lekin shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, men jang qilgan Konstantin Yeroxin, Yevgeniy Yeroxin, Muhammad Ashub darajasidagi jahon yulduzlari bilan ular to‘qnash kelib ulgurishmadi. Uchrashishsin, ulardan ham kuchliroqlari bilan jang qilib, g‘alaba qozonishsin, men bunga tilakdoshman.

Anvar, Nursulton, Mahmud — yuqori saviyadagi jangchilar, ular yaqin kelajakda ulkan natijalar qayd etishiga shubha yo‘q. Mahmud Murodov Bellator bilan shartnoma imzolayotganini eshitdim, unga omad yor bo‘lsin! Umuman, vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan har bir sportchimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin!

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

O‘zbekistonlik sportchi asosan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya kabi mamlakatlarda janglar olib bordi. Bellator yoki UFC haqida o‘ylash fursati yetmadimi?

MDH mamlakatlari orasida MMA poytaxti avval Qozog‘iston bo‘lsa, yaqin ikki yilda bu maqom Qirg‘izistonga ko‘chdi. Bu mamlakatlar yuqori saviyadagi musobaqalarni tashkil qilyapti. Biz ulardagi janglarda ishtirok etishni xursandchilik bilan qabul qilib kelganmiz.

UFC, Bellator borasida esa hozir bir nima deya olmayman. WFC, VEF, Fingt-Ningt yo‘nalishlarida agar jarohatlar bezovta qilmasa, har oyda bittadan jang qilishni maqsad qilganman.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

Murod Xonto‘rayev faoliyati davomida Yuriy Protsenko va David Shvelidze kabi jangchilarga imkoniyatni boy berdi. Oldinda revansh bo‘lishi mumkinmi?

Protsenkoga jangdan so‘ng 2 hafta ichida revansh o‘tkazish taklifini aytganman. Lekin murabbiylari va promouterlari rad javobini berdi. Shvelidzega bir necha marotaba taklif qildim. Lekin har safar bunga rozi bo‘lmagan.

Shvelidze bilan bo‘lgan jangimni o‘zingiz guvohi bo‘lgansiz, menga biror marta ham zarba bera olmagandi. Agar o‘zimning noqulay harakatim tufayli jarohat olmaganimda, bu jangni yutishim yuz foiz aniq edi.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

Aleksandr Stolyarov, Azamat Bahodurzoda, Amin Ergashev kabilar bilan munosabat haqida:

Ular yaqin do‘stlarim bo‘ladi. Azamat Bahodurzoda esa ukamiz. Ularning ba’zilari bilan havaskor sportda duch kelganmiz. Ba’zan mening qo‘lim baland kelgan, ba’zida ular zafar quchgan. Yurtimiz bahodirlari deganda, shu yigitlar ko‘z oldimga keladi.

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

MMA qolgan sport turlaridan katta farq qiladi. Unda adashib qolganlar yoki bir umrga hastalanib qolganlar ham bor. So‘zining yakunida Murod Xonto‘rayev bu sport turiga qiziqayotgan va unga kirishni maqsad qilgan yoshlarga maslahat berdi.

Yoshlarimiz shuni tushunishga harakat qilishsin, hech qachon murabbiyni norizo qilib, biror bir natija qayd etib bo‘lmaydi. Nafaqat murabbiy, promouteri, bir so‘z bilan aytganda jamoasiga qarshi borib, faqatgina o‘ziga zarar qiladi. Daraxt bir joyda ko‘karadi, degan naql bor. Shunday ekan, turli va’dalarga uchmay, uning uchun jon kuydirgan insonlar bilan hamkorlik qilsin!

Murod Xonto‘rayev, MMA jangchisi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют