» » Jangarilar Dayr az-Zavrda Suriya armiyasiga tegishli vertolyotni urib tushirdi

Jangarilar Dayr az-Zavrda Suriya armiyasiga tegishli vertolyotni urib tushirdi


IShID terrorchi guruhi jangarilari Dayr az-Zavr viloyatida Suriya armiyasiga tegishli vertolyotni urib tushirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Aytilishicha, hukumat qo‘shinlarining havo apparati Frot daryosi bo‘yidagi Shamitiya shahrida urib tushirildi.

Ilgariroq Suriya armiyasi IShID jangarilarini Frot sharqiy sohilidagi qator qishloqlardan siqib chiqargani ma’lum qilingan edi. Aniqlashtirilishicha, ushbu operatsiya doirasida Suriya hukumat qo‘shinlari 4-tank diviziyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, so‘ng Rossiya havo-kosmik kuchlari ko‘magida Dayr az-Zavr viloyati bo‘ylab yurishni davom ettirgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют