» » Tramp “raketa odam”ning rejimini to‘liq yo‘q qilishini aytdi

Tramp “raketa odam”ning rejimini to‘liq yo‘q qilishini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘z xatti-harakatlari bilan “o‘z joniga qasd qilayotganini” aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Bu bayonotni Tramp Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy debatlari chog‘ida berdi.

“AQSh buyuk qudrat va sabr-toqatga ega. Lekin agar ittifoqchilarimizni himoya qilishga to‘g‘ri kelsa, Shimoliy Koreyani butunlay yo‘q qilishdan boshqa variantimiz qolmaydi”, — qayd qilib o‘tdi Oq Uy rahbari.

Chiqishi chog‘ida Tramp Kim Chen Inning ismini tilga olmay, uni yana bir bor “raketa odam” deb atadi.

“Raketa odam o‘z joniga va o‘z rejimiga qasd qilish yo‘lidan bormoqda”, — dedi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют