» » Shavkat Mirziyoyev AQShning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev AQShning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, General Electric kompaniyasi prezidenti Ron Polett, Honeywell kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Rajiv Gautam, CNH Industrial kompaniyasi vitse-prezidenti Stiven Naderni, Deere & Company kompaniyasi prezidenti Jeyms Fild ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbari ishbilarmonlarni samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik rivojlanib borayotgani, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishning muhim mexanizmiga aylanganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Kerolin Lemm bilan suhbatda 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekistonda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilinganini qayd etdi. Bu davlat boshqaruvining yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg‘un faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda valyuta sohasida bozor mexanizmlari joriy etilgani, savdodagi turli to‘siqlar olib tashlangani, ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanayotgani alohida ta’kidlandi.

Ron Polett bilan muloqotda O‘zbekiston bilan General Electric kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, 2018—2025-yillarda O‘zbekiston gaz transporti tizimini texnik yangilash, modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini amalga oshirish taklif qilindi. O‘zbekistonda gidroelektr stansiyalari qurish, zamonaviy tibbiy uskunalar va yoritish moslamalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Stiven Naderni bilan suhbatda CNH Industrial kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘rim-yig‘im, melioratsiya va yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan, gazda ishlaydigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

Jeyms Fild bilan muloqot chog‘ida Deere & Company kompaniyasi bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, xususan, O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik va uzumchilikda qo‘llaniladigan traktor va maxsus texnika vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishishda katta voqea bo‘lishini ta’kidladi.

Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют