» » Xitoylik olimlar cho‘lda hosil yetishtirishni o‘rgandi

Xitoylik olimlar cho‘lda hosil yetishtirishni o‘rgandi


Xitoylik olimlar kashf qilgan yangi texnologiya cho‘l hududlarini unumdor yerga aylantirish imkonini beradi. Yarim yillik tadqiqot davomida Chunsindagi Szyaotun universiteti mutaxassislari Ichki Mo‘g‘ulistonning 200 gektar qurg‘oqchil yerida o‘ziga xos voha yaratdi, deb xabar beradi Meduza.

Ichki Mo‘g‘ulistonda beshta cho‘l joylashgan, mintaqaning yarmidan ko‘prog‘i cho‘ldan iborat. Xitoy o‘rmonlarining eng katta qismi ham shu yerda joylashgan bo‘lib, 248700 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Vaziyat yomonlashib, o‘rmonlar qisqarishi va cho‘llashishning oldini olish uchun olimlar maxsus pasta ishlab chiqdi. Ushbu pasta o‘simliklar devorlarida joylashadigan moddadan iborat bo‘lib, havo va oziq moddalarni ushlab turishga xizmat qiladi.

Olti oy davomida 200 gektar cho‘l makkajo‘hori, pomido kabi mahsulotlar beradigan plantatsiyalarga aylandi. Ayni paytda o‘rmonlarni qayta tiriltirish loyihasi ishga tushirilmoqda, u uch yil ichida cho‘l yerlarining 50 foizida daraxtlarning qayta jonlanishiga xizmat qiladi.

Olimlar loyihani yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ular yana 200 gektar cho‘lni vohaga aylantirmoqchi. Yaqin yillarda 13 ming gektar yer vohaga aylantiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют