» » Avstraliya qirg‘oqlarida sakkizoyoqlar shahri topildi

Avstraliya qirg‘oqlarida sakkizoyoqlar shahri topildi


Tadqiqotchilarning xalqaro jamoasi Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Jervis bo‘g‘ozi tubida sakkizoyoqlar shahrini aniqladi. Octopus tetricus sakkizoyoqlarining yirik ini Octlantis deb nomlandi. Bu haqda Science Alert nashri xabar bermoqda.

10—15 metr chuqurlikda o‘tkazilgan suvosti ekspeditsiyasi davomida chig‘anoqlar, toshlar va qumdan hosil bo‘lgan uylarda yashovchi sakkizoyoqlar topilgan. Olimlar suvosti hayvonlarining hayotini 10 soat davomida kuzatgan va tasvirga olgan. Olimlar hammasi bo‘lib 15 ta sakkizoyoqni sanagan. Ular boshqa hayvonlarni quvish uchun bir-biri bilan aloqa qiladi. Shuningdek, bir-birini ham indan quvib chiqaradi.

Shaharning maydoni 72 kvadrat metrni tashkil qiladi. Olimlarning hisoblashicha, sakkizoyoqlarni shahar uchun asos bo‘lgan toshlar jalb qilgan bo‘lishi mumkin. Biroq tadqiqotchilar sakkizoyoqlar uchun birgalikda yashashning qanday afzalligi borligini hali bilmaydi. Bu hudud ozuqaga mo‘lligi bilan ajralib turadi, biroq bu yirtqichlar e’tiborini ham tortadi. Bundan tashqari, sakkizoyoqlar o‘rtasida shafqatsiz raqobat ham kuzatiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют