» » “O‘zbekneftgaz” MXK sobiq rahbari yangi neftni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshqarmoqda

“O‘zbekneftgaz” MXK sobiq rahbari yangi neftni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshqarmoqda


2017-yil 27-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatidagi yangi neftni qayta ishlash majmuasiga birinchi toshni qo‘yish marosimida qatnashib, ulkan loyihani amalga oshirishga start bergan edi, deb yozadi “1news.uz”.

Toshkentda yaqinda bo‘lib o‘tgan anjumanda ushbu majmua qurilishi masalalari ko‘rib chiqildi. Majmua qurilishi bilan “O‘zbekneftgaz” AJ tuzilmaviy bo‘linmalaridan biri — Jizzakh Petroleum MChJ QK bosh pudratchi — Enter Engineering Ltd va uning bunday korxonalar yaratish bo‘yicha katta tajribaga ega sheriklari bilan birga shug‘ullanmoqda.

Jizzakh Petroleum MChJ QK direktori vazifasini bajaruvchi, “O‘zbekneftgaz” MXK sobiq rahbari Shokir Fayzullayev neftni qayta ishlash majmuasi uchun zamonaviy texnologiyalarni tanlash muhimligi haqida gapirib berdi.

Majmua yiliga besh million tonna neftni qayta ishlash yo‘li bilan 3,7 million tonna motor yoqilg‘isi, 700 ming tonnadan ziyod aviatsiya kerosini, shuningdek, suyultirilgan gaz, mazut, bitum va boshqa talabgir mahsulotlarni chiqaradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют