» » Litva prezidenti Rossiyani qo‘shni mamlakatlarga hujumlarga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Litva prezidenti Rossiyani qo‘shni mamlakatlarga hujumlarga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi


Rossiya va Belarus o‘tkazayotgan “G‘arb — 2017” harbiy mashg‘ulotlari qo‘rquv urug‘ini sochishga qaratilgan, dedi Litva prezidenti Dalya Gribauskayte. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda dunyoning e’tibori Shimoliy Koreya va boshqa mintaqalarga qaratilgan, “ammo tovlamachilik va tajovuzkorlikning xuddi shu usullari Ukrainada va NATOning sharqiy chegarasi bo‘ylab qo‘llanilmoqda”.

“Yuz mingga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchilar Boltiq mamlakatlari va Polsha chegaralarida, hatto Arktikada ham hujumkor xususiyatga ega ‘G‘arb — 2017’ o‘quv mashqlarida qatnashmoqda”, — dedi Gribauskayte BMT Bosh Assambleyasi minbarida turib.

Litva prezidenti ta’kidlashicha, Rossiya bunday harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali, “o‘z armiyasini G‘arbga hujum qilishga o‘rgatib, qo‘shni davlatlarga qarshi tajovuzkor ssenariylarni repetitsiya qilmoqda”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют