» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda xorijga chiqish vizalari singari o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda xorijga chiqish vizalari singari o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida O‘zbekistonda qanday o‘tmish qoldiqlari bekor qilinib, qanday yangiliklar joriy etilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

“Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi, — dedi u. — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi yakunlari bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi”.

“Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi”, — deya Prezident xorijga chiqish pasportlarini joriy etish borasidagi rejalarni oshkor qildi.

Shavkat Mirziyoyev inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib borayotgani, insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayta ko‘rib chiqilgani, ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinib, ularni sog‘lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini aytdi.

“Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda. Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining chinakam mustaqilligi ta’minlanmoqda. Ommaviy axborot vositalarining o‘rni sezilarli darajada ortib bormoqda”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasportlar joriy etiladi. Chet elga chiqish ruxsatnomasi (stiker)ni rasmiylashtirish tartibi ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют