» » O‘zbekistonda 1-oktabrdan ba’zi mahsulotlarga import bojlari va aksiz solig‘i qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

O‘zbekistonda 1-oktabrdan ba’zi mahsulotlarga import bojlari va aksiz solig‘i qayta ko‘rib chiqilishi mumkin


O‘zbekistonda 2017-yilning 1-oktabridan mamlakat hududiga olib kelinadigan aksiz solig‘i ostidagi mahsulotlarga import bojxona bojlari va aksiz solig‘ining yangi qiymatlarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi, deb yozadi UzDaily.

Hujjat mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskunalar va butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni keltirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, aholining iste’molchilik talabini qondirish va ichki bozorda narxlar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

Qarorga mubofiq, import bojxona bojlarining yangi qiymatlari 97 guruhdagi mahsulotlarga, aksiz solig‘ining yangi qiymati esa — 34 dan ortiq guruhdagi mahsulotlar uchun belgilanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют