» » Biz o‘ylagandan ko‘ra foydaliroq bo‘lgan 3 ta oziq-ovqat

Biz o‘ylagandan ko‘ra foydaliroq bo‘lgan 3 ta oziq-ovqat


Sog‘lom ovqatlanish atrofida shunchalik ko‘p uydirmalar yig‘ilganki, aslida qaysi biri foydali-yu, qaysi biri zararli ekanligini birdan bilib bo‘lmaydi. Ko‘pchilik oziq-ovqatlar esa sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari tomonidan o‘rinsiz rad etilgani ma’lum bo‘ldi.

Kartoshka ko‘pincha to‘g‘ri ovqatlanish va ozish uchun taomnomadan butunlay chiqarib tashlash tavsiya qilingan oziq-ovqatlar qatorida tilga olinadi. Lekin ma’lum bo‘lishicha, kartoshka unchalik zararli emas ekan.

U suv balansini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan va miyani kislorod bilan ta’minlashni yaxshilashga yordam beruvchi modda – kaliyning manbai hisoblanadi. O‘rtacha kattalikdagi bitta kartoshkaning tarkibida kundalik zarur bo‘lgan kaliy miqdorining 20% i mavjud ekan.

Kartoshka tarkibidagi kletchatka C va B6 vitaminlari bilan birga xolesterin miqdorini pasaytirishga yordam beradi.

“Kofeindan voz keching”, — deyishadi bizga sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari. Bu ichimlik dushmanlarining aytganini qilishga shoshilmang.

Tadqiqotlar qahvaning teri saratoni xavfini kamaytirishini aniqladi. Shuningdek qahva jigar uchun foydali: bir kunda ikki piyola qahva ichish jigar sirrozidan saqlanishga yordam beradi.

Dofamin ishlab chiqarilishi oshishi hisobiga qahva depressiya bilan kurashishga yordam beradi. Shuni esda tutingki, qahva faqat me’yorida iste’mol qilingandagina foyda beradi.

Sariyog‘ ko‘rish qobiliyati, normal modda almashinuvi va jinsiy organlarning sinezlanishi uchun zarur bo‘lgan A vitamini, immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi E vitamini, kalsiyning singishi va buyrak faoliyatining ishini yaxshilashga yordam beruvchi K vitamini va yurak-tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beruvchi D vitaminilariga juda boy.

Har qanday oziq-ovqat me’yoridan ortiqcha yeyish natijasida foydadan ko‘ra zarar berishi mumkin. Sifatli oziq-ovqatlarni tanlang va ularni qancha miqdorda iste’mol qilishga aql bilan yondashing.

Manba: Elle

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют