» » “Olot” chegara bojxona kompleksida hujjatlarda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq kosmetika vositasi olib o‘tishga urinish holati fosh etildi

“Olot” chegara bojxona kompleksida hujjatlarda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq kosmetika vositasi olib o‘tishga urinish holati fosh etildi


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan xorijiy fuqaro S.Mexmet boshqaruvida Turkiyadan O‘zbekistonga yetib kelgan yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, navbatdagi bojxona qoidabuzarligi fosh bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Perfect Leather Manufacture MChJ nomiga keltirilayotgan yuklar aslida qiymati 27 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 21 tonnadan ortiq tovarlar bo‘lishi lozim edi.
Ammo, bojxona ko‘rigi davomida konteynerdagi tovarlar bilan yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlandi. Sodda qilib aytganda mazkur tovarlar hujjatlardagidan ko‘ra ortiqcha miqdorda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridan qayd etilmagan ayollar kosmetik mahsulotlarining umumiy qiymati 140 million so‘mni tashkil qildi. Ulardan davlat budjetiga 65 million so‘m bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozim bo‘lardi.

Hozirda ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olib qo‘yildi va mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют