» » Kurash tarixda ilk bor Osiyo O‘yinlari sport musobaqasi tasnifiga kiritildi

Kurash tarixda ilk bor Osiyo O‘yinlari sport musobaqasi tasnifiga kiritildi


2018-yil Indoneziya poytaxti Jakartada bo‘lib o‘tadigan to‘rt yillikning qit’adagi eng yirik sport musobaqasi — Osiyo O‘yinlariga kurash sport turi ham qo‘shildi. Bu haqda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bugun — 20-sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shaklida Osiyo olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasining 36-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda kurash Osiyo O‘yinlari sport festivalidan rasman joy oldi.

Unga ko‘ra, sakkiz vazn toifasida kurashchilar Osiyo O‘yinlarida medallar uchun kurash olib boradi. Bunda ham erkaklar, ham ayollar kurashi nazarda tutilgan.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bu qarori uchun Osiyo olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют