» » BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan Mirziyoyev, Meksikadagi vayronkor zilzila, 50 million so‘mga sotilgan avtomobil raqami va kunning boshqa muhim xabarlari

BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan Mirziyoyev, Meksikadagi vayronkor zilzila, 50 million so‘mga sotilgan avtomobil raqami va kunning boshqa muhim xabarlari


20-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida xorijga chiqish vizasining bekor qilinganiga to‘xtaldi. BMT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini yuqori baholadi.

2. Meksikada 7,4 magnitaduli zilzila yuz berdi. Vayronkor zilzilaning qurbonlari soni 226 kishiga yetdi.

3. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “Kosonsoy” chegara-bojxona posti faoliyati qayta tiklandi. Mehmonlar chegara postida o‘zbekona mehmondo‘stlik udumlariga binoan karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

4. “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinini boshqargan hakam O‘FF prezidentining topshirig‘i bilan futboldan chetlatildi. Agar O‘FF tushuntirish talab qilsa, Rustam Bobomurodov uni berishga tayyor. Hozir esa hakam tushkunlikka tushib qolgan.

5. O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqami 50 million so‘mdan qimmatroqqa sotildi. Boshlang‘ich narxi 7488750 so‘mni tashkil etgan raqamni jismoniy shaxs sotib oldi.

Bonus: Aleksandr Davletov: Soliq islohotlari davrida ehtimoliy budjet defitsiti qanday to‘ldiriladi?

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют