» » Moldova hukumati prezidentning BMTda nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qildi

Moldova hukumati prezidentning BMTda nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qildi


Moldova hukumati mamlakat prezidenti Igor Dodon BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Ion Cheban bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Yevropaga xayrixoh bo‘lgan partiyalardan iborat hukmron koalitsiya tomonidan tuzilgan hukumat tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligi orqali prezident BMTda nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qilish uchun barcha ishni amalga oshirdi. Mamlakat nomidan, umumqabul qilingan qoidalarga zid ravishda, bosh vazir Pavel Filip ishtirok etadi”, — dedi Cheban.

Uning so‘zlariga qaraganda, vazirlar mahkamasi shu yo‘l bilan xalqaro tashkilot minbarini Rossiyaga qarshi chiqish uchun ishlatishga qaror qilgan. Shuningdek, bu bilan ular “yevropaparast koalitsiyaning tushkun reytingini ko‘tarish”ga uringan.

Cheban, shuningdek, prezidentga muxolif hukumat BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi kun tartibiga tan olinmagan Dnestrbo‘yi respublikasi hududidan Rossiya qo‘shinlarining chiqarilishini kiritishga uringanini aytib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют