» » Shavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidenti bilan uchrashuvda uni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidenti bilan uchrashuvda uni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda bolgariyalik hamkasbi Rumen Radev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu yil O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari 13-sentabr kuni ushbu sana munosabati bilan bir-birlarini qutladi.

Oliy darajadagi mazkur uchrashuvda O‘zbekiston – Bolgariya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat hamkorligida yangi sahifa ochish zarurligi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar o‘zaro manfaatli ekani ta’kidlandi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan davlatlarning yondashuvlari yaqin ekani ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga asos bo‘ladi.

Bolgariya O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli sheriklaridan biri. O‘zbekistonda Bolgariya investitsiyalari ishtirokida tuzilgan 14 korxona faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 23 million dollarni tashkil etgan. Uchrashuvda bu ko‘rsatkich mavjud imkoniyatlarga mos emasligi, har ikki tomon hamkorlikni rivojlantirish uchun katta iqtisodiy salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Bolgariya bozoriga kimyo, elektr texnikasi, to‘qimachilik va kabel mahsulotlari, qurilish materiallari, o‘g‘itlar, meva-sabzavot yetkazib berishi mumkin. Farmatsevtika, kosmetika, elektr texnikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari mavjud.

Shuningdek, transport-kommunikatsiya, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda shu jabhalarda aniq loyihalar ishlab chiqish maqsadida hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazishga kelishib olindi.

Rumen Radev Bolgariya Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni, Markaziy Osiyoda davlatlararo muloqotni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qadrlashini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют