» » Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Gruziya bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Gruziya bosh vazirini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo uylari tashkil etish va qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Gruziyaga avtomobillar, to‘qimachilik va elektr texnikasi mahsulotlari eksport qilish, Gruziya yo‘llari orqali jahon bozoriga chiqishdan manfaatdor. Gruziya mamlakatimizdan meva-sabzavotlar xarid qilishi, vinochilik sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etishi mumkin.

Ikki xalq o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hurmat qaror topgan. O‘zbekistonda gruzin millatiga mansub fuqarolar mamlakat hayotida faol ishtirok etmoqda. Bu madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga mustahkam asos bo‘lmoqda. Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda Gruziya madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev va Georgiy Kvirikashvili uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi, bu ikki davlat va ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini qayd etdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalarga ham e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют