» » Toshkentda qo‘shnisining uyidan taqinchoq o‘g‘irlagan kelin fosh etildi

Toshkentda qo‘shnisining uyidan taqinchoq o‘g‘irlagan kelin fosh etildi


Toshkent tumanida qo‘shnisining uyidan tilla taqinchoqlar o‘g‘irlagan kelin fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB ma’lum qildi.

“Joriy yilning 12-sentabr kuni soat 08:00 larda Toshkent tumanida yashovchi, uy bekasi, 1997-yilda tug‘ilgan Xurshida Nabiyeva uyda hech kim yo‘qligi va eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib qo‘shnisi, uy bekasi, 1973-yilda tug‘ilgan Nargiza Sharipovaning uyi yotoqxonasidagi shkafi ichidan umumiy narxi taxminan 4 million so‘m bo‘lgan bir dona tilla trosi, bir dona tilla uzugi va bir juft tilla ziraklarini o‘g‘irlagan”, — deyiladi xabarda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Xurshida Nabiyeva ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют