» » Cobalt’ni tuzatib berishni va’da qilib, uning haydovchisini 12 million so‘mga chuv tushirgan “usta” ozodlikdan mahrum qilindi

Cobalt’ni tuzatib berishni va’da qilib, uning haydovchisini 12 million so‘mga chuv tushirgan “usta” ozodlikdan mahrum qilindi


Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida ilgari bir necha marta jinoyat sodir etib, muqaddam sudlangan Murod Mo‘minovning yirik firibgarlik jinoyatlariga oid ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkentlik Murod Mo‘minov joriy yilning 31-yanvar kuni poytaxtning Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Inobat Usmonovaga 280 AQSh dollari evaziga Akfa romlari qo‘yib berishni va’da qilgan. Oldindan 100 AQSh dollari va 700 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgach, ishni paysalga solgan. Qo‘lga kiritgan mablag‘ni esa o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Murod 2017-yilning 8-mart kuni Shayxontohur tumani Yangi Beltepa mahallasida Javohir Mirzayev boshqaruvidagi, “Sensis Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli Cobalt rusumli avtomashinani ta’mirlab berishga kelishgan. 750 ming so‘m pul, 15 grammlik, bahosi 2 million 50 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarni xizmat uchun, deb oldindan olgan. Oradan bir kun o‘tib, Credit Asia do‘koniga kredit pullarini o‘zi to‘lashi sharti bilan Javohir Mirzayevning nomiga kreditga televizor olishni rasmiylashtirishni taklif qildi. Javohir Mirzayev ham kelishuvga rozi bo‘ldi. Murod esa narxi 3 million 845 ming so‘mlik televizorni olib, boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

Murod Mo‘minov 12-mart kuni Javohir Mirzayevning avtomashinasini ta’mirlab berish uchun olib ketgan. Avtomashinani shaharning bir chetiga olib borib, undagi 5 million 250 ming so‘mlik konditsioner hamda 750 ming so‘mlik himoya yostiqchasini yashirin ravishda o‘g‘irlagan va tanishlariga sotib yuborgan. Pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgan.

Murodning jinoiy harakatlarini ichki ishlar xodimlari to‘xtatdi.

Murod Mo‘minovning avvalgi jinoyatlari bo‘yicha hujjatlar tekshirilganda, unga nisbatan muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining 2016-yil 20-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, ish haqidan 30 foizi miqdorini davlatga undirib qolgan holda, uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida Murod Mo‘minov jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etganligi inobatga olingan holda, unga olti yil-u ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi Murod Mo‘minovdan jabrlanuvchi Javohir Mirzayev foydasiga 12 million 645 ming so‘m, Inobat Usmonova foydasiga esa 1,5 million so‘m moddiy zarar undiriladigan bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют