» » Iroqlik qochoq qiz berlinlik pensionerning metroda unutib qoldirilgan 14 ming yevrosini qaytarib berdi

Iroqlik qochoq qiz berlinlik pensionerning metroda unutib qoldirilgan 14 ming yevrosini qaytarib berdi


Iroqlik 16 yoshli qochoq qiz Berlin metrosida 14 ming yevro topib oldi va uni qonuniy egasiga qaytardi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Berlinlik 78 yoshli ayol ichida puli bor sumkasini 15-sentabr kuni kechqurun metroda unutib qoldirgan. Sumkasi yo‘qolganini bilgan ayol metro xodimlariga xabar bergan, biroq ular hech narsa qila olmagan.

Ikki kundan so‘ng politsiya bo‘limiga qochoqlar markazida yashovchi 16 yoshli qiz onasi bilan kelgan. U politsiya xodimlariga vagonda topib olingan sumkani topshirgan. Pullarga tegilmagan edi.

Endi qochoqlar oilasi xayrli ish uchun munosib mukofot kutmoqda. Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, topib olingan pul yoki qimmatbaho buyumni qaytarganlik uchun pul summasining yoki buyum qiymatining uch foizi miqdorida mukofot beriladi. Pul yoki buyum jamoat transportida topilgan taqdirda, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi. Shunday qilib, qiz 210 yevro olishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют