» » Linda Hemilton yangi “Terminator” filmida Sara Konnor rolini o‘ynaydi

Linda Hemilton yangi “Terminator” filmida Sara Konnor rolini o‘ynaydi


Sara Konnor rolini ijro etuvchi Linda Hemilton “Terminator”ning oltinchi filmida ishtirok etadi. Bu haqda rejissor Jeyms Kemeron ma’lum qilgan, deb yozmoqda Meduza.

Hemiltonning qaytishini e’lon qila turib, “Bizda shu paytgacha ekranda yomon odamlarni o‘ldirayotgan 50—60 yoshli erkaklar bor, biroq ayollar uchun bunday misol yo‘q”, — dedi Kemeron.

Terminator haqidagi yangi filmda Arnold Shvarseneggerning paydo bo‘lishi rejalashtirlmoqda. U filmning ekranlarga chiqqan beshta qismidan to‘rttasida ishtirok etgan.

Jeyms Kemeron loyiha prodyuseri bo‘ladi, filmga rejissorlikni esa Tim Miller qiladi. Oltinchi “Terminator” trilogiyaning birinchi qismi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Film syujeti sir saqlanmoqda, biroq avvalroq Kemeron va Miller bu qism “Qiyomat kuni”ning davomi bo‘lishi haqida gapirgan.

Filmda Shvarsenegger va Hemiltonning personajlaridan tashqari yangi qahramonlar ham paydo bo‘ladi. Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda markaziy rollardan biriga yosh aktrisa izlanmoqda. Filmning ekranlarga chiqish sanasi ma’lum qilinmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют