» » Tim Kuk iPhone X ning narxini “maqbul” deb atadi

Tim Kuk iPhone X ning narxini “maqbul” deb atadi


Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk ming dollarlik iPhone X smartfonining narxini “maqbul” narx deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda u ABC telekanalining Good Morning America shousiga bergan intervyusida gapirgan.

Kompaniya rahbarining aytishicha, bu xaridorlar olayotgan texnologiya uchun maqbul narx hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik odamlar telefonlar uchun to‘lovni uzoq vaqt davomida amalga oshiradi. Shuning uchun hamma ham telefonning to‘liq qiymatini birdaniga to‘lay olmaydi. Bundan tashqari, ko‘pchilik ishlatib yurgan smartfonini oldindan sotadi, ba’zi sotuvchilar esa chegirma qilib beradi.

Shuningdek, Apple bosh direktori iPhone X dagi Face ID ning xavfsizligini bo‘yicha savolga javob berdi va yana bir bor barcha ma’lumot qurilmada saqlanishi va hech qayerga yuklanmasligini eslatib o‘tdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют