» » Oltiariqda valyutafurush qo‘lga olindi (video)

Oltiariqda valyutafurush qo‘lga olindi (video)


Bosh Prokuratura huzuridagi departamentning Oltariq tuman bo‘limi hamda Milliy xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda qonunbuzarlarning qilmishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” xabar bermoqda.

Javlon Ergashev fuqaro G‘aniyevdan 8 ming AQSh dollarini har birini 8050 so‘mdan hisoblab, 64 million 400 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor xodimlar tomonidan uning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda 14700 AQSh dollari hamda 16 million 713 ming so‘m borligi aniqlandi.

Shuningdek, Javlon Ergashev Oltariq tumanida yashovchi Muhamadjon Rasulovdan ham 11 800 AQSh dollarini qayta sotish maqsadida 94 million 990 ming so‘mga xarid qilgani fosh etildi.

Tezkor tadbir yakunida qonunbuzarlar tomonidan noqonuniy muomalaga kiritilgan jami 14 720 AQSh dollari va 175 million 613 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют