» » Angliya Liga Kubogi. “Yunayted”, “Siti”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Everton” nimchorak finalda

Angliya Liga Kubogi. “Yunayted”, “Siti”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Everton” nimchorak finalda


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/16 final bellashuvlari to‘liq yakuniga yetdi.

Premyer-Ligada dadil odimlayotgan Manchesterning ikki klubi bunda zafar quchdi. “Yunayted” o‘z maydonida quyi liga klubiga imkoniyat qoldirmadi. “Siti” esa oson kechmagan o‘yinda APL vakili “Vest Bromvich”ni turnirdan chiqarib yubordi.

London yetakchilaridan “Chelsi” va “Arsenal” ham quyi liga jamoalaridan ustun keldi. Shuningdek, Ueyn Runi jamoasi “Everton” ham kubokni qo‘lga kiritish harakatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Angliya Liga Kubogi
1/16 final o‘yinlari
20-sentabr, chorshanba

Gollar: Leroy Sane, 3 (0:1). Klaudio Yakob, 72 (1:1). Leroy Sane, 77 (1:2).

Gollar: Kenedi, 13 (1:0). Mishi Batshuayi, 19 (2:0). Charli Musonda, 40 (3:0). Mishi Batshuayi, 53 (4:0). Mishi Batshuayi, 86 (5:0). Tendi Darikva, 90+2 (5:1).

Gollar: Markus Reshford, 5 (1:0). Markus Reshford, 17 (2:0). Jessi Lingard, 36 (3:0). Antoni Marsyal, 60 (4:0). Lloyd Dayer, 90+1 (4:1).

Gol: Teo Uolkott, 25 (1:0).

Gollar: Dominik Kalvert-Levin, 38 (1:0). Dominik Kalvert-Levin, 51 (2:0). Baye Umar Niasse, 83 (3:0).

Nimchorak final bellashuvlari oktabrning so‘nggi 10 kunligida bo‘lib o‘tadi. Avvalgi bosqichda APL klublari bilan to‘qnash kelib, yaxshigina ter to‘kkan “Lester” va “Manchester Siti”ga endi osonroq bo‘ladi — ular quyi liga jamoalari bilan o‘ynaydi. Shuningdek, “Arsenal” bu safar ham kuchli raqibdan qutulib qoldi.

Angliya Liga Kubogi
1/8 final o‘yinlari
24-oktabr, seshanba

“Chelsi” — “Everton”
“Suonsi” — “Manchester Yunayted”
“Tottenhem” — “Vest Hem”
“Manchester Siti” — “Vulverhempton”
“Arsenal” — “Norvich”
“Lester” — “Lids”
“Bornmut” — “Midlsbro”
“Bristol Siti” — “Kristal Pelas”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют