» » Gatilov: Suriya muxolifatining Asadning iste’fosi haqidagi talabi o‘tmishda qoldi

Gatilov: Suriya muxolifatining Asadning iste’fosi haqidagi talabi o‘tmishda qoldi


Suriya muxolifatining mamlakat prezidenti Bashar Asadning ketishi haqidagi talabi o‘tmishda qoldi, bu uning hukumat bilan muzokaralarda jipslashuviga yordam beradi, deb yozadi “TASS” Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Gatilovga tayanib.

“Radikal elementlarning bir qismi chetga chiqmoqda — bu yaxshi, chunki aynan shu odamlar prezident Asadning taqdiri hal etilgunga qadar Suriya hukumati bilan muzokaralar boshlashga qarshi chiqqan edi, — dedi u. — Aynan ular dastlabki shart sifatida Asadning ketishini talab qilgan edi. Hozir bu talab o‘tmishda qoldi”.

“Ayni paytda biz Suriya hukumati o‘z muzokara platformasining jipslashuvi, delegatsiyalar jipslashuvi uchun muayyan choralar ko‘rayotgani belgilarini ko‘rmoqdamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi vazir o‘rinbosari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют