» » Onlayn-auksionga birinchi toifali davlat raqam belgilari qo‘yilishi boshlandi

Onlayn-auksionga birinchi toifali davlat raqam belgilari qo‘yilishi boshlandi


2017-yilning 20-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuvga avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qo‘yilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi maxsus axborot portali xabar berdi.

Xususan savdolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50 dan ziyod “oltin” avtoraqamlar va yuridik shaxslar uchun 25 dan ortiq lotlar joylashtirildi. Bugungi kundan e’tiboran O‘zRTXB axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar eng kutilayotgan (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 AB kabi avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksionlarda ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek avtoraqam.uzex.uz vebsayti birjaning Call-markaziga kelib tushayotgan takliflar asosida muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. Shu jumladan vebsaytga buyurtmalar stakani, shaxsiy kabinetda qidirish tizimi, istagan lotga obuna bo‘lish kabi qo‘shimcha funksiyalar kiritildi, ko‘p beriladigan savollar bo‘limi va berilgan takliflar ro‘yxati yaratildi, hamda xaridorlar uchun auksionda ishtirok etish qo‘llanmasi joylashtirildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi toifali avtoraqamlarni savdolar bosqichi – 3 foizni tashkil etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют