» » A seriya. “Napoli”ni to‘xtatib bo‘lmayapti, “Inter” Spaletti boshqaruvida ilk bor ochko yo‘qotdi

A seriya. “Napoli”ni to‘xtatib bo‘lmayapti, “Inter” Spaletti boshqaruvida ilk bor ochko yo‘qotdi


Italiya A seriyasining 5-turi o‘z yakuniga yetdi. Quyida yetakchi klublar qayd etgan natijalar keltirib o‘tilgan.

Luchanno Spaletti qabul qilib olganidan so‘ng Milanning “Inter” klubi ilk bor ochko yo‘qotdi. Bungacha ketma-ket to‘rt turda zafar quchgan “neradzurrilar”, 5-turda “Bolonya” bilan durang o‘ynadi.

Turning markaziy o‘yini Rimda kechib, “Latsio” Neapolning “Napoli” klubini qabul qildi. Simone Indzagi jamoasi bungacha “Milan”ni yirik hisobda taslim etgan bo‘lib, “Napoli”ga qarshi o‘yinni ham muvaffaqiyatli boshlagandi. Biroq ikkinchi bo‘limda “Napoli”ni to‘xtatib bo‘lmadi va mehmonlar 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Milan” hamda “Yuventus” o‘z maydonida kutilgan g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Turinliklar safida Paulo Dibala va nihoyat gol ura olmadi. Montellaning “Milan”i esa har ikkala golini penaltidan kiritdi.

Rimning “Roma” va Turinning “Torino” klublari safar o‘yinlarida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

Italiya A seriyasi
5-tur bellashuvlari
20-sentabr, chorshanba

Gollar: Simone Verdi, 32 (1:0). Mauro Ikardi, 77-pen (1:1).

Gollar: Edin Jeko, 22 (0:1). Fabio Luchoni, 35-avt (0:2). Edin Jeko, 52 (0:3). Lorentso Venuti, 74-avt (0:4).

Gollar: Andrea Belotti, 9 (0:1). Emil Xallfredsson, 30-avt (0:2). Rodrigo De Paul, 48-pen (1:2). Adem Lyayich, 67 (1:3). Kevin Lasanya, 75 (2:3).

Gollar: Rikardo Rodriges, 26-pen (1:0). Frank Kessi, 61-pen (2:0).

Gollar: Stefan de Vrey, 30 (1:0). Kalidu Kulibali, 54 (1:1). Xose Kalyexon, 56 (1:2). Dris Mertens, 59 (1:3). Jorjino, 91+ pen (1:4).

Gol: Mario Manjukich, 52 (1:0).
Chetlatish: Milan Badel, 66 (F).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют