» » Germaniyada 250 yil davomida ilk bor paydo bo‘lgan yovvoyi zubr o‘ldirildi

Germaniyada 250 yil davomida ilk bor paydo bo‘lgan yovvoyi zubr o‘ldirildi


Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) Germaniyaning Lebus shahri rasmiylariga yovvoyi Yevropa zubri o‘ldirilishi tufayli ayblov ilgari surish niyatida. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

The Independent nashriga ko‘ra, zubr 13-sentabr kuni Berlindan 88 kilometr uzoqlikdagi Lebus shahrida, Odra daryosi yaqinida payqaldi. Jonivor daryo qirg‘og‘iga Germaniya bilan chegaradagi Polshaning Uysitse-Varti milliy bog‘idan o‘tgani taxmin qilinmoqda.

Mahalliy rasmiylar zubr xavf tug‘diradi deb hisobladi va uni o‘dirishga qaror qildi.

“250 yildan ko‘proq vaqt o‘tib Germaniyada yovvoyi zubr aniqlandi va rasmiylar uni otib o‘ldirishdan boshqa chora o‘ylab topolmadi”, — deydi fond a’zosi Kris Xeynrik.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют