» » Pekin va Shanxay o‘rtasida soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi tashuvchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Pekin va Shanxay o‘rtasida soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi tashuvchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi


Xitoy Pekin va Shanxay shaharlarini bog‘lovchi va soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanuvchi “Fusin” poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Fusin” poyezdlari butun dunyoda tijoriy maqsadlarda foydalanilayotgan tezyurar poyezdlar ichida eng katta tezlikda harakatlanayotgani sifatida tan olindi.

2017-yilning iyul oyida poyezd sinovdan o‘tkazilgan edi. Sinovlarda poyezdning xavfsizligi va soatiga 400 kilometrgacha harakatlanish funksiyasi tekshirilgan edi.

Poyezdlar 21-sentabrdan boshlab Pekin-Shanxay yo‘nalishida yettita reysni amalga oshira boshlaydi. Pekindan yo‘lga chiqadigan poyezd 4 soat-u 28 daqiqada Shanxay shahriga yetib boradi. Avallari mazkur yo‘nalishda soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlangan poyezdlar shaharlar o‘rtasidagi masofani 6 soatda bosib o‘tar edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют